Amorim: «Ko‘pchilik «MYU»ga pul uchun kelganimni aytishmoqda, lekin...»
«Manchester Yunayted» murabbiyi Ruben Amorim Angliya klubiga pul uchun o‘tmaganini aytdi.
«Ko‘pchilik «Manchester Yunayted»ga pul uchun kelganimni aytishadi, lekin unday emas, boshqa klublar menga uch barobar ko‘p pul berishga tayyor edi, lekin men rad etdim, chunki aynan shu yerda ishlashni istagan edim,» - dedi Amorim.
Avvalroq Amorim mavsumni «Sporting»da yakunlamoqchi ekanini aytgandi, biroq «Manchester Yunayted» rahbariyati kutishga tayyor emas edi.