"Jirona" sport direktori "Manchester Siti"ga o‘tishni rad etdi
"Jirona" sport direktori Kike Karsel "Manchester Siti"da Chiki Begiristaynni almashtirishdan bosh tortdi, deb yozadi Esports RAC1.
50 yoshli Karsel Angliyadan taklif oldi, biroq u 2014 yildan beri ishlab kelayotgan "Jirona" sport loyihasini tark etishdan bosh tortdi. Begiristayn "Manchester Siti"da 2012 yilning oktyabr oyidan buyon ishlab kelmoqda.
"Jirona" chempionat jadvalida o‘n birinchi o‘rinni egallab turibdi, jamoa 9 uchrashuvda 12 ochko jamg‘argan.