Vinisius "Real" bilan shartnomani uzaytirishga shoshmayapti
"Real Madrid" va Vinisius Junior shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi, deb xabar beradi Ispaniyaning Relevo nashri. Futbolchi vakillari va klub o‘rtasidagi ilk harakatlar bir necha oy oldin bo‘lib o‘tgan.
Manbaga ko‘ra, Vinisius yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti, chunki u yangi shartnomani moliyaviy jihatdan foydaliroq qilish uchun ideal vaqtni topmoqchi.
2024 yilda braziliyalik emas, Rodri tomonidan qo‘lga kiritilgan "Oltin to‘p" klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda argumentlardan biriga aylanishi kerak. Qolaversa, Saudiya Arabistoni klublari futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, futbolchining "Real" bilan 2027 yilning yozida tugaydigan shartnomasidagi tovon puli 1 mlrd yevro ekanligi haqida ma’lumotlar bor edi, "Real" 2024 yilning yozida Mbappe va "PSJ" o‘rtasida sodir bo‘lgan voqeani takrorlamoqchi emas.