«Real» Vinisiusni yangi shartnoma bilan mukofotlamoqchi
«Real» allaqachon Vinisius Junior bilan yangi shartnoma ustida ishlamoqda.
"Relevo" xabariga ko‘ra, Madrid klubi Braziliya terma jamoasining 24 yoshli vingeri atrofidagilar bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilish maqsadida bir necha oy oldin aloqalarni boshlagan.
«Real» Vinisiusning jamoaning asosiy o‘yinchisi bo‘lishga qodirligini, u natijalar keltirayotgani sababli o‘z futbolchisini yangi shartnoma bilan taqdirlamoqchi.
«Los-Blankos» yana ikkita maqsadni ko‘zlamoqda: ular o‘zlarini ehtimoliy xaridorlardan, jumladan Saudiya Arabistoni klubidan himoya qilmoqchi, shuningdek, braziliyalik futbolchiga Kilian Mbappe kelishi bilan u orqa fonda qolib ketmasligini tushuntirib berishmoqchi.
Biroq, hozircha vaziyat o‘zgarmadi. Vinisius taklifni tingladi va klubga tashabbus uchun minnatdorchilik bildirdi, biroq shartnomani uzaytirishga shoshilmaydi. Futbolchida allaqachon yaxshi sharoitlar, uzoq muddatli shartnoma bor, shuning uchun u kelajakni muhokama qilish uchun yana bir muddat kutadi.
Joriy mavsumda La Liganing 11 ta uchrashuvida Vinisius 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.