Myuller – Musiala haqida: «U bu qaror haqida bir uch, to‘rt, besh marta o‘ylab ko‘rishi kerak»
«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller yarim himoyachi Jamol Musialaning kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Menimcha, Jamol «Bavariya» muxlislari uchun qanchalik muhimligini, uni nafaqat bu yerda, balki butun Germaniyada odamlar qanchalik sevishini biladi. Menimcha, agar u hatto jamoani tark etish haqida o‘ylayotgan bo‘lsa ham, bu haqda uch, to‘rt, besh marta o‘ylab ko‘rishi kerak», - dedi Myuller.
Joriy mavsumda 21 yoshli Jamol «Bavariya» safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.