Myuller: "Faoliyatimni "Bavariya"da o‘tkazganimdan baxtiyorman"
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller butun faoliyatini Myunxen klubida o‘tkazganidan xursand.
"Hammasi shu tarzda ketayotganidan xursandman. "Alyans Arena" butun Yevropa uchun alohida stadion, chunki u doimo gavjum.
"Bavariya"da siz doimo dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan o‘ynaysiz. Hozir hammasi yaxshi ketmoqda, biroq bitta klubdagi karyerani oldindan rejalashtirish mumkin emas", — dedi Myuller.
35 yoshli germaniyalik bu mavsumda “Bavariya” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.