«Bavariya» vingeriga APLning 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda
Leroy Sane faoliyatini yana Angliyada davom ettirish imkoniyatiga ega.
Germaniyalik qanot hujumchisining «Bavariya» bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi. Tomonlar hozircha yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olishmayapti.
Sanega Angliyadan hozirda «Nyukasl», «Arsenal» va «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. U avvalroq «Manchester Siti»da o‘ynagan.