Sanega qiziqish bildirgan APL klubi nomi ma’lum bo‘ldi
Qanot vingeri Leroy Sanening "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Hamma narsa futbolchining shartnomani uzaytirmasligiga qarab ketmoqda, chunki hozir u asosiy tarkibning mustahkam o‘yinchisi emas. Joriy mavsumda Sane myunxenliklar safida biror marta ham asosiy tarkibga kiritilmagan.
Todofichajes portaliga ko‘ra, "Nyukasl" Sane bilan shartnoma imzolamoqchi. Saudiyalik xo‘jayinlarning pullari evaziga yanvarda 29 yoshga to‘ladigan futbolchi uchun kurashda "qarg‘alar" ustunlikka ega.
Xabaringiz bor, Leroy Sane bungacha Angliyada o‘ynagan - 2016-2020 yillarda u "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.