Angliya terma jamoasi yig‘iniga ikki yangi futbolchi qo‘shildi
Angliya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘iniga ikki yangi futbolchi qo‘shildi. Gap «Nyukasl»dan himoyachi Tino Livramento va «Liverpul»dan yarim himoyachi Kyortis Jons haqida ketmoqda. Ushbu futbolchilarning «Uch sherlar» safiga chorshanba kuni kelib qo‘shildi.
Angliya terma jamoasi ayni damda oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasining ikkita o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 10-kuni Li Karsli shogirdlari o‘z maydonida Gresiyaga qarshi, 13-kun esa mehmonda Finlyandiyaga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Millatlar ligasining yangi mavsumining dastlabki ikki o‘yinida Angliya terma jamoasi maksimal – olti ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.