Transferlarga eng ko‘p pul sarflagan murabbiylar reytingi tuzib chiqildi
Betimate nashri transferlarga eng ko‘p pul sarflagan murabbiylar reytingini e’lon qildi. Birinchi o‘rinda Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola joy oldi. Uning murabbiylik davrida klublar yangi o‘yinchilar uchun 1,72 milliard funt sarflagan.
Ikkinchi o‘rinda "Fenerbaxche"ni boshqarayotgan Joze Mourinyo. Portugallarning bu ko‘rsatkichi 1,6 milliard funtni tashkil qiladi. Kuchli uchlikni "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 1,5 milliard funt sterling bilan yakunladi.
Top-5likka, shuningdek, Massimiliano Allegri (1,19 milliard funt) va Diyego Simeone (1,19 milliard funt) kirdi.