"Liverpul" homiysini o‘zgartiradi
"Liverpul" Adidas bilan homiylik shartnomasi tuzadi.
Nemis kompaniyasi 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab mersisaydliklarning yangi texnik homiysiga aylanadi, deb yozadi The Guardian.
Kelishuv klubga yiliga 60 million funt sterling atrofida daromad keltirishi kutilmoqda.
Ayni paytda Nike "qizillar"ning texnik homiysi hisoblanadi, shartnoma joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Bu hamkorlik "Liverpul"ga yiliga 30 million funt sterling va klub liboslarini sotishdan tushgan daromadning 20 foizini olib keladi.