Valverde: "Orzumni amalga oshirdim"
"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoani sardorlik bog‘ichini taqib maydonga olib chiqdi.
“Los Blankos” La Liga doirasidagi o‘yinda “Leganes”ni mehmonda mag‘lub etdi (3:0), o‘ng qanot himoyachisi sifatida harakat qilgan urugvaylik futbolchi jamoasining ikkinchi golini urdi. Uchrashuv yakunlangach, 26 yoshli futbolchi sardorlik maqomi haqida gapirdi.
“Bugun men sardorlik bog‘ichini taqib orzumni amalga oshirdim. Bu men uchun sharaf", - dedi yarim himoyachi.