Diyego Maradonaning o‘g‘li ispan klubini boshqaradi
Diyego Sinagra milliy chempionatning beshinchi divizion vakili "Ibarra" klubining yangi bosh murabbiyi bo‘ldi.
38 yoshli Sinagra bu lavozimda Frensis Diazning o‘rnini egalladi. Uning shartnomasi muddatiga aniqlik kiritilmagan. Yetti turdan so‘ng Ibarra o‘z divizionida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Sinagra o‘z faoliyatini Italiyaning kam taniqli klublarida o‘tkazgan, plyaj futbolida, jumladan, Italiya terma jamoasida o‘ynagan. Murabbiy sifatida Italiyaning “Pompey” va “Montekalsio” klublarida ishlagan.