Superkompyuter Chempionlar Ligasi g‘olibi kim bo‘lishini taxmin qildi
Opta Superkompyuteri Chempionlar Ligasining 2024/25 yilgi mavsumining chempioni kim bo‘lishi borasida taxmin bildirdi.
Turnirning chempionligi uchun Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi asosiy favorit bo‘lib turibdi. “Shaharliklar”ning chempionlik uchun imkoniyati 19 foizga baholanmoqda. Qayd etib o‘tish kerak, Pep Gvardiola jamoasi 4-turda “Sporting”ga 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Hozirda turnir jadvalida Angliyaning boshqa bir jamoasi — “Liverpul” 1-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 4 turdan so‘ng 12 ochko jamg‘argan. Mersisaydliklarning chempionlik uchun imkoniyati 17 foizga baholangan. 3-o‘rinni esa Italiyaning “Inter” (12%) klubi egallab turibdi.
Kuchli beshlikni esa “Barselona” (9%) hamda “Arsenal” (8%) yakunlab bergan.
Musobaqaning amaldagi g‘olibi — "Real" hamda Portugaliyaning "Sporting" klublarining g‘oliblik uchun imkoniyatlari 6 foizga baholangan.