Lukashenko: "Futbol juda tezlashib ketdi"
Aleksandr Lukashenkoning fikricha, belaruslik futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi past.
“Bizda bor muammo - bu sportchining jismoniy holati. Ular ba’zi sport turlarida eng yuqori saviyada qatnashishga jismonan tayyor emaslar.
Futbolda ular birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha yugura olmaydi. Ular 90 daqiqa davomida yuqori tezlikda o‘ynay olmaydi. Futbol juda tezlashib ketdi.
Asosiysi, bolalarni sportga jalb qilishdir. Ishni maktabdan, 6-7 yoshdan boshlash kerak. Badiiy gimnastika kabi ba’zi musobaqalarda esa uch yoshda bo‘lsa ham targ‘ib qilaverish kerak", – dedi Prezident.