“Lasio” prezidenti: "Normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zgartirish vaqti keldi"
“Lasio” prezidenti Italiya futbolining dolzarb muammolari haqida gapirdi.
"Bizga ko‘p funksiyali stadionlar kerak. Biroq bugungi arenalar bunday emas. Ular eskirgan. Hech narsa oldinga siljimadi.
Investisiya fondlari moliyaviy maqsadda investisiya kiritadi: ular katta miqdorda hissa qo‘shadilar, lekin qaytarib foyda olishni talab qiladilar, aks holda ular investisiya qilmaydi. Futbol juda mashhur, chunki u juda ko‘p odamlarni o‘ziga jalb qiladi.
Bizda barcha toifalarni qamrab oladigan bir xil tizim mavjud va bu noto‘g‘ri. Chunki 1500 yevro maosh oladigan C Seriya futbolchisi va 4 million yevro oladigan A Seriya o‘yinchisi uchun bir xil qoidalar bo‘lishi mumkin emas.
Bu qoidalarning barchasi kelishilgan bo‘lishi kerak.
Prezident klubni qo‘llab-quvvatlash uchun har bir tiyinni sinchiklab hisoblashi kerak. “Lasio”ga kelganimda daromad 84 million, xarajatlar esa 86,5 million edi. Qarz 550 millionni tashkil etdi. Endi 5 million yevro maosh oladigan futbolchi haqida o‘ylab ko‘ring.
Biz maktablarda oldinga qadam tashlashimiz kerak: futbol nafaqat sport, balki qoidalar majmui hamdir.
Normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zgartirish vaqti keldi. Qoidalar 1981 yilda ixtiro qilingan, hozir esa 2024 yil.
Qoidalarni zamonaviy talablar asosida o‘zgartirish kerak", — dedi Klaudio Lotito.