"Inter" rahbari: "Men Skaroni fikriga qo‘shilaman"
"Inter" prezidenti Beppe Marotta "San-Siro" stadioni bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Avvalroq, "Milan" prezidenti Paolo Skaroni "Milan" stadionini buzish kerakligini aytgandi.
"Skaroni tahlili mukammal bo‘lganini aytishim kerak, men to‘liq qo‘shilaman.
Men futbol evolyusiyasining guvohi bo‘ldim, chunki ko‘p yillar davomida bu dunyoda yashaganman: homiylik va endi haqiqiy tadbirkorlik namunasini yashadim. Paolo va men yirik investisiya fondlari vakilimiz. Futbol Amerika modeliga ko‘ra harakatlanmoqda, aslida A Seriyada o‘nlab amerikalik mulklar mavjud.
Stadionga kelsak, u doimiy daromad keltirishi kerak. O‘tgan yili biz bu holatda 80 million yevro yig‘gan edik, tasavvur qiling-a, zamonaviy stadion bilan qancha bo‘lardi?", dedi Marotta.