"Milan" navbatdagi o‘yinini tomoshabinlarsiz o‘tkazishi mumkin
A Seriyaning 9-tur uchrashuvi 26 oktyabr kuni Bolonyadagi "Renato Dall’Ara" stadionida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Kuchli yomg‘ir va suv toshqini, shuningdek, restavrasiya ishlari olib borilayotgani sababli bahs hukumat qarori bilan boshqa muddatga qoldirildi.
Bunday sharoitda 35 ming muxlisning stadionga kelishi jamoat tartibini saqlashda muammo tug‘dirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
"Milan" prezidenti Paolo Skaroni "Bolonya" bilan tomoshabinlarsiz o‘ynashni taklif qildi. Uchrashuvni "Empoli" yoki "Komo"da neytral maydonda o‘tkazish g‘oyalari ham muhokama qilindi.
Biroq shahar meri Matteo Lepore va "Bolonya" rahbariyati uchrashuvni boshqa muddatga qoldirishni talab qilishdi. Yakuniy qaror A seriyasi direktorlar kengashining favqulodda yig‘ilishida qabul qilindi.
Shu munosabat bilan yangi o‘yin sanasi haqida qaror qabul qilish kerak.