37 yoshli Kavani "Boka Xuniors" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Boka Xuniors" hujumchisi Edinson Kavani klub bilan yangi shartnoma imzoladi.
37 yoshli futbolchining shartnomasi 2026 yilning oxirigacha mo‘ljallangan, deya xabar beradi klub matbuot xizmati. Urugvaylik futbolchi 2023 yilning iyulidan boshlab "Boka Xuniors"da.
Argentinaga ketishdan oldin Kavani Ispaniyaning “Valensiya” klubida bir yil o‘ynagan, avvalroq esa ikki yilni Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida o‘tkazgan.
Forvard faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli yillarini Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" (2013-2020) va Italiyaning "Napoli" (2010-2013) klublarida o‘tkazgan. “Boka Xuniors” tarkibida futbolchi 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi.