De Yong: "Bu qachon tugaydi deb o‘ylardim"
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong tiklanish davridagi fikrlari haqida gapirdi. Niderlandiyalik yarim himoyachi jarohat tufayli ancha davrni o‘tkazib yuborgandi.
"Ba’zida bularning barchasi qachon tugaydi, deb o‘ylardim. Lekin men har doim yana o‘ynashimga ishonganman. Tiklanish vaqtining noaniqligi men uchun juda qiyin edi. O‘shanda o‘zimni avvalgidek qaytara olamanmi, deb o‘yladim", — deya de Yong so‘zlarini keltiradi NOS.
Joriy mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda yettita uchrashuvda qatnashib, gol ura olmagan.