Marmush ketma-ket uchta o‘yindan beri jarimadan gol urmoqda
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Omar Marmush ketma-ket uchinchi o‘yinda jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.
Kecha u Bundesligada "Shtutgart" darvozasini ishg‘ol qilgan, undan oldin esa Praganing "Slaviya" jamosi bilan Yevropa Ligasi va "Boxum" bilan Germaniya chempionatida gol urdi. Umuman olganda, misrlik forvard joriy mavsumda “Ayntraxt” safida barcha turnirlarda 16 o‘yinda 14 ta gol urdi.