"Barsa" 2026 yilda tugaydigan shartnomalarni uzaytirish ustida ishlamoqda
Mavsum endigina dastlabki bosqichdan o‘tdi va "Barselona" allaqachon shartnomalarni uzaytirish ustida ishlamoqda. Qolaversa, asosiy e’tibor shartnomalari kelasi yozda ham tugamaydigan futbolchilarga qaratilgan.
Kataloniyaliklar uchun ayniqsa uchta futbolchi muhim: Pedri, Lamin Yamal va Gavi. Klub, shuningdek, Mark-Andre ter Shtegen, Frenki de Yong, Ansu Fati va Rafinyalar bilan shartnomalarni uzaytirish ustida qattiq ishlamoqda.
Sport.es xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Xansi Flik va sport direktori Deku klubning moliyaviy ahvolini inobatga olgan holda jamoaning barcha yulduzlarini saqlab qolish niyatida. Ular futbolchilarni tekinga yo‘qotishni xohlamaydilar.