Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente daniyaliklarning Lamin Yamalga qarshi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yamalga qarshi qo‘pol o‘yin? Do‘stlarimdan biri aytganidek: "Ular sizni o‘pishlarini xohlaysizmi?" Bu eng yuqori darajadagi futbol. Raqib qoidalar doirasida har qanday vositadan foydalanishi mumkin", - dedi ispaniyalik mutaxassis.