Amorim: "Men xo‘jayin sifatida o‘zini ko‘rsatishni xohlaydiganlardan emasman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘zining ish uslubi haqida gapirdi.
Yaqinda ishdan bo‘shatilgan Erik ten Xag ko‘pincha o‘yinchilar bilan munosabatlarida haddan tashqari qattiqqo‘llikda va dogmatiklikda ayblangan.
"Ipsvich"ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar "qizil iblislar"ning yangi murabbiyidan jamoa bilan qanday munosabatda bo‘lishini so‘rashdi.
"Men xo‘jayin sifatida o‘zini ko‘rsatishni xohlaydigan odam emasman. O‘yinchilar buni kichik tafsilotlarda his qilishadi. Men tabassum qilayotgandirman, lekin ish jarayonida men boshqacha odam bo‘laman. Futbolchilar buni tushunishadi", - dedi Amorim.