"Chelsi" "Barselona" shartnoma imzolamoqchi bo‘lgan futbolchisiga narx belgiladi
"Chelsi"ning markaziy yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
TeamTALK xabariga ko‘ra, "Chelsi" 21 yoshli yarim himoyachi uchun "Barselona"dan 36 million yevro talab qiladi.
Chukvuemeka "Chelsi"ga 2022 yilda "Aston Villa"dan 18 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda angliyalik futbolchi atigi bitta o‘yinda maydonga tushdi.