Reshford "Manchester Yunayted"dan uni qo‘yib yuborishni so‘radi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jamoani tark etmoqchi. Bu haqda EL Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" rahbariyatidan uni qo‘yib yuborishni so‘ragan. Reshfordga "Aston Villa", "Marsel" va "Napoli" klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Italiya klubi vingerni qo‘lga kiritish uchun eng ko‘p harakat qilmoqda.
Aytish joizki, Reshford butun faoliyatini "Manchester Yunayted"da o‘tkazgan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.