Xavi og‘ir jarohat oldi!
«RB Leypsig»ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons paylaridan olgan og‘ir jarohat bilan kasalxonaga yotqizildi.
"Sky Germany" nashrining fikricha, Simons 2024 yil oxirigacha maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori. Simons yaqin kelajakda operasiya qilinishi mumkin.
2024/2025 yilgi mavsumda Xavi Simons «RB Leypsig» safida 11 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularda yarim himoyachi uchta gol urdi va sheriklariga ikkita samarali uzatma berdi.