Xoland bilan muzokaralar davom etmoqda
Hujumchi Erling Xoland «Manchester Siti» bilan muzokaralar olib bormoqda. "Transfer News Live" nashri jurnalist Xose Feliks Diasga tayanib xabar berishicha, tomonlar shartnomani uzaytirishni muhokama qilmoqda.
Oldinroq matbuotda Xolandning yangi shartnomaga 120 million yevroga sotib olish variantini kiritish istagi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Bunday variantning kiritilishi norvegiyalikning yaqin yillarda potensial La Liga klubiga o‘tishini osonlashtiradi.
Umuman olganda, Erling Xoland «Manchester Siti» safida 110 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan va bu o‘yinlarda u 103 ta gol urgan va sheriklariga 14 ta golli uzatma bergan.