Xoland boshqa ligaga yo‘l olishi mumkin
Mish-mishlarga ko‘ra, hujumchi Erling Xoland yaqin yillarda Ispaniya chempionatida o‘ynashi kutilmoqda.
TodoFichajes portali xabariga ko‘ra, norvegiyalik to‘purar «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirishni va 120 million yevroga sotib olish varianti bilan boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda.
Bunday bandni kiritish Xolandning "Real Madrid" yoki "Barselona"ga potensial transferini ancha osonlashtiradi.
Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, "Manchester Siti" bundan ham ko‘proq pul talab qilishi mumkin - nufuzli Transfermarkt portali 24 yoshli Erlingni 200 million yevroga baholamoqda.