Gasperini: "Gol urish uchun hamma narsani qildik, ammo bu ish bermadi"
“Atalanta” Chempionlar ligasi 3-turida Shotlandiyaning “Seltik” klubi darvozasini ishg‘ol qila olmadi, uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini jamoasi ustunlik qilgan o‘yin natijalaridan xafa bo‘ldi.
U "Atalanta"ning gol ura olmaganini tasodif deb hisoblaydi.
"Gol urish uchun hamma narsani qildik, ammo bu ish bermadi. Biz har uch kunda o‘ynaymiz, bu oson emas.
O‘z terma jamoalari uchun ham o‘ynagan futbolchilar ko‘p va bu sharoitda durangga ham qanoat qilish kerak", - deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi calcioatalanta.it.