Lukmanning e’tirof etilishida jamoadoshlarining ham hissasi katta
"Atalanta" ustozi Jan Pyero Gasperini Ademola Lukmanning "Oltin to‘p" uchun da’vogarlar ro‘yxatidan joy olgani haqida fikr bildirdi.
"Agar uning ortida De Ron, Ederson, Jimsiti kabi jamoadoshlari bo‘lmaganida, u bu yerda bo‘lmasdi va u buni allaqachon anglab yetgan.
Men undan smoking kiyamizmi, deb so‘radim. U menga rasmiy libos yoqmasligini, lekin galstuk taqishini aytdi", – dedi Gasperini.
26 yoshli futbolchi “Oltin to‘p”ning yakuniy reytingida 14-o‘rinni egalladi.