Sakki: "Murabbiy Kamardani boshlang‘ich tarkibga qo‘shib to‘g‘ri qildi"
Franchesko Kamarda 16 yoshu 7 oy, 31 kunligida "Milan" tarkibida "Kalyari"ga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibga kiritildi.
"Rossonerilar"ning afsonaviy murabbiyi Arrigo Sakki bu qarori uchun Paulo Fonsekani maqtadi.
"Bir narsani ta’kidlamoqchiman. Murabbiy Kamardani boshlang‘ich tarkibga qo‘shib to‘g‘ri qildi, Kamarda hali jasorat ko‘rsatishga haqli.
Men har doim yoshlar tarafdori bo‘lganman, men ularni har doim asosiy jamoaga qo‘shishlarini xohlaganman, chunki ularda ishtiyoq bor", – dedi Sakki.