Laporta «Barsa»da muddatidan avval saylov o‘tkazmoqchi emas
«Barselona» prezidenti Joan Laporta maydonda va uning tashqarisida ijobiy dinamikaga qaramay, muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni rejalashtirmayapti. Bu haqda «RAC1» jurnalistlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, uning ustuvor vazifasi klubning to‘liq iqtisodiy ahvolini tiklanishini ko‘rish va 2026 - yilgacha «Spotify Camp Nou»da ta’mirlash ishlarini yakunlash.