Laporta: «Bu futbol tarixidagi eng yirik shartnoma bo‘ladi»
«Barselona» prezidenti "Nike" bilan imzolanadigan yangi shartnoma borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Nike» bilan bizni katta shartnoma kutmoqda. Bu futboldagi eng yaxshi o‘n yillik shartnoma bo‘ladi.
Biz u bilan avgust oyida shartnoma imzolashimiz mumkin edi, lekin bu amalga oshmadi, chunki men eng yaxshi shartnomani qo‘lga kiritishni xohlardim. Biz eng yaxshi shartnoma uchun bozorni o‘rgandik, biz buni oldik va «Nike» unga mos keldi.
Bu haqda tez orada e’lon qilinadi», - dedi Joan Laporta.