Italiya terma jamoasi futbolchisi yarim yildan so‘ng yana maydonga qaytishi mumkin
"Atalanta" Italiya chempionatida shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Parma"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Qaydnomaga himoyachi Jorjio Skalvini ham kiritilgan. 2024/2025 yilgi mavsumda 20 yoshli futbolchi hali maydonga tushmagan. Skalvini yoz boshida xoch bog‘lamidan olgan jarohatidan tuzalib ketdi. Jarohat Jorjioning Yevropa chempionatiga borishiga to‘sqinlik qildi.
"Parma" - "Atalanta" uchrashuvi 24 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.