Vanda Nara Mauro Ikardiga qarshi sud da’vosi kiritdi, undan katta summa talab qilmoqda
Argentina terma jamoasi va «Galatasaray» hujumchisi Mauro Ikardi o‘zning turmush o‘rtog‘i Vanda Nara bilan ajrashayotgan bir paytda, Vanda undan 38,5 million yevro talab qilib sudga murojaat qildi.
Uning fikricha, Mauroning futboldagi muvaffaqiyatli karyerasi aynan uning ko‘magi bilan ro‘y bergan, va shunga muvofiq, o‘zini bu daromadlarning «adolatli ulushi»ga haqli deb hisoblamoqda, deb xabar beradi "Nogo Mania".
Bundan tashqari, Vanda farzandlari uchun aliment talab qilmoqda. Juftlik ikki qizni tarbiyalagan. Shu bilan birga, Vanda Nara ajralish jarayoni hali yakunlanmasdan turib, argentinalik reper L-Gante bilan munosabat o‘rnatgan.
Qayd etish joizki, Vanda Nara uzoq vaqt davomida Mauro Ikardining agenti bo‘lib, uning manfaatlarini himoya qilgan. Ilgari «Inter» rahbariyati va Ikardi tomoni o‘rtasida, xususan, Vandaning xatti-harakatlari va xulqi tufayli kelishmovchiliklar bo‘lgani xabar qilingan edi.