"Atalanta" Italiya chempionatida shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Parma"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Qaydnomaga himoyachi Jorjio Skalvini ham kiritilgan. 2024/2025 yilgi mavsumda 20 yoshli futbolchi hali maydonga tushmagan. Skalvini yoz boshida xoch bog‘lamidan olgan jarohatidan tuzalib ketdi. Jarohat Jorjioning Yevropa chempionatiga borishiga to‘sqinlik qildi.
"Parma" - "Atalanta" uchrashuvi 24 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.