Xoland o‘z rekordi haqida fikr bildirdi
Norvegiya terma jamoasi markaziy hujumchisi Erling Xoland Millatlar ligasi doirasida Sloveniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol urdi. Buning evaziga u terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
«Bu tarix uchun muhim yutuq. Xursandman, bu ajoyib rekord. Oldinda hali ko‘p yillar bor. Menga o‘z o‘yinim yoqadi», dedi Xoland.
Umumiy hisobda hujumchi Norvegiya terma jamoasi safida 34 ta gol urgan. Avvalgi rekord yutuq Yergen Yuvega tegishli bo‘lib, u 45 uchrashuvda 33 ta gol urgan.