"Barselona" baribir jarima to‘laydigan bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘tgan mavsumdagi moliyaviy qoidabuzarliklar uchun UEFAning 500 ming yevro miqdoridagi jarimasiga qarshi chiqa olmadi.
Sport arbitraj sudi "ko‘k-anorranglilar" uchun jazoni o‘z kuchida qoldirdi.
Ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud “Barselona” moliyaviy feyr-pley qoidalarining ikki bandini buzgan, degan qarorga keldi.