«Barselona» va Tebas o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanmoqda
«Catalunya Radio» xabariga ko‘ra, «Barselona» va La Liga rahbari Xavyer Tebas o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaxshilandi.
«Barselona» La Ligaga moliyaviy tovon puli munosib bo‘lsa, Liga o‘yinini Mayamida o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi. Klub o‘zgarishlar tufayli yo‘qotgan daromadidan ko‘ra ko‘proq pul ishlab olishni kutmoqda.
«Barsa» moliyaviy feyr-pley qoidalariga ko‘proq moslashuvchanlik evaziga La Liganing Mayamida o‘yin o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlaydi.