"Barselona" bu futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi
"Barselona" rahbariyati moliyaviy qiyinchiliklar tufayli yarim himoyachi Dani Olmoni joriy mavsumning ikkinchi qismigacha ro‘yxatdan o‘tkaza olmasligidan qo‘rqmoqda. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar"ning ahvoli Nike bilan homiylik shartnomasidagi pulni kutilganidan kechroq olishi bilan murakkablashgan.
Qolaversa, klub shu oyda jamoa himoyachisi Andreas Kristensen jarohatidan tuzalib ketishini kutmoqda, keyin esa uni ro‘yxatdan o‘tkazish vazifasi ham "Barselona" zimmasiga tushadi.
Ta’kidlanishicha, ayni damda Kataloniya klubi nomi ko‘rsatilgan ikki futbolchidan faqat bittasini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega.