Froynd: "Ibrahimovichni yaqindan kuzatishda davom etamiz"
"Bavariya" yarim himoyachisi Ariyon Ibrahimovich "Lasio"ga ijara asosida o‘tdi.
Rim klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ijara shartnomasi mavsum oxirigacha hisoblangan, unda futbolchini sotib olish huquqi ko‘zda tutilgan.
Ibrahimovich o‘zining yangi jamoasi uchun 27-raqamli libosni kiyadi.
"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd kelishuv haqida gapirdi.
"Ariyon yoshligidan "Bavariya"da edi, biz u kabi futbolchilarga imkoniyat bermoqchimiz. U har bir mashg‘ulotda bor kuchini beradi va endi u o‘yin vaqtini eng yuqori darajada olishni boshlashi kerak. Biz uni yaqindan kuzatishda davom etamiz", – dedi Froynd.