"Barsa" prezidenti Arauxoning kelajagi haqida fikr bildirdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa himoyachisi Ronald Arauxoning ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
- Arauxo? Bu haqda Dekudan so‘rang. Men Arauxoning qolishini xohlayman. Menimcha, biz yechim topa olamiz. Menga Ronald yoqadi, u zo‘r yigit", — dedi funksioner jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Arauxo avvalroq "Barselona"ni tark etish istagini bildirgan va "Yuventus"ga o‘tishga yaqin qolgandi. Biroq, Inigo Martines jarohatidan so‘ng kataloniyaliklar Arauxonni saqlab qolishga qaror qilishdi.