Maynuga "Manchester Yunayted" taklifi yoqmayapti
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu klub bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti.
"Qizil iblislar" o‘sib borayotgan yulduz bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi, ammo shartnoma shartlari bo‘yicha haligacha kelisha olgani yo‘q. Man United News xabariga ko‘ra, 19 yoshli yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ning dastlabki taklifidan qoniqmagan.
Yaqinda OAVda "Chelsi"ning Kobbi Maynuga qiziqishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. London klubi agar futbolchi mankunianliklar bilan yangi shartnoma imzolay olmasa, uni sotib olish masalasini jiddiy o‘ylab ko‘rishi mumkin. Amaldagi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.