Ilon Mask "Liverpul"ni sotib ololmaydigan bo‘ldi
"Liverpul" Ilon Maskga sotilmaydi.
Avvalroq tadbirkorning otasi Errol Mask milliarder ingliz klubini sotib olishga qiziqayotganini aytgandi: "U buni xohlardi. Men izoh berolmayman, narx oshadi."
The Times xabariga ko‘ra, "Liverpul"ning amerikalik xo‘jayinlari klubni sotish niyatida emas. Tesla asoschisi bilan hech qanday aloqa yo‘q.
Manbalarning aytishicha, klub Maskning otasining intervyusini unchalik jiddiy qabul qilmagan.