Bundesliga klubi «X» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasini o‘chirib tashladi
Yana bir nemis klubi «Twitter» nomi bilan mashhur bo‘lgan «X» ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntini yopishga qaror qildi. Bu yerda gap Bundesliganing «Verder» klubi haqida ketmoqda. Avvalroq «Sankt-Pauli» rahbariyati ham shunday qaror qabul qilgandi.
Klub rahbariyati akkauntning yopilishiga uning asoschisi Ilon Mask tomonidan platforma ustidan nazoratning yo‘qotilishi sabab bo‘ldi - bu tegishli press-relizda ko‘rsatilgan. Unda Mask, ijtimoiy tarmoqni siyosiy qurolga aylantirganlikda, xususan, AQSHda saylovoldi kampaniyasida ayblanmoqda.