Rasman: "Barselona" Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazdi
"Barselona"ga Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi.
Oliy sport kengashi (CSD) Kataloniya klubiga ushbu futbolchilarni mavsumning ikkinchi qismi uchun vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi.
Yakuniy qaror uch oy ichida qabul qilinadi. Yuqorida tilga olingan organ Blaugrananing 52 sahifa va 60 hujjatdan iborat so‘rovini ko‘rib chiqmoqda.