"Las-Palmas" himoyachisi "Roma"ga o‘tsa, "Barselona"ga foyda bo‘ladi
Miki Marmol transfer qilingan taqdirda "Barsa" transfer narxining 50 foizini oladi.
Kataloniya klubi "Las-Palmas"ning 22 yoshli markaziy himoyachisiga nisbatan huquqlarning yarmiga egalik qiladi, u uchun "Roma" 7 million yevro taklif qilishga tayyor.
Ispaniyalik futbolchining tovon puli 10 millionni tashkil etadi, "Las-Palmas" bilan shartnoma 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. "Roma" qishda Marmol bilan shartnoma imzolash va uni mavsum oxirigacha Kanar orollarida saqlab qolish niyatida.