"Barselona" tarbiyalanuvchisiga "Roma" va "Komo" qiziqmoqda
"Las-Palmas" markaziy himoyachisi Mika Marmol faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
23 yoshli ispaniyalik futbolchini "Roma" va "Komo" sotib olishga qiziqmoqda.
Uning ispan klubi bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasida 10 million yevro tovon puli bor.
Ushbu transferdan tushgan foydaning 50 foizi "Barselona" hisobiga o‘tkaziladi.