"Barselona" himoyachisi faoliyatini "Jirona"da davom ettirishi mumkin
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Erik Garsiya qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. "Jirona" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Garsiya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda 23 yoshli markaziy himoyachi La Ligada 9 ta uchrashuvda va Chempionlar ligasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi.